← Oltin Taklif

Foydalanish shartlari va maxfiylik

Loyiha matni. Ommaviy ishga tushirishdan oldin yurist va buxgalter tasdiqlashi shart.

Mehmonlar ma’lumoti — omonat

Mehmon ismi, telefoni, javobi va tilagi faqat taklifnoma egasiga ko‘rinadi. Uchinchi shaxsga sotilmaydi, reklama uchun ishlatilmaydi. Tadbirdan 30 kun o‘tgach avtomatik o‘chiriladi; egasi istalgan vaqtda hammasini o‘zi o‘chira oladi. Ma’lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi va zaxiralanadi.

Mazmun qoidalari

Xizmat faqat shariat ruxsat bergan halol tadbirlar uchun: nikoh, qiz uzatish, fotiha, sunnat, beshik/aqiqa, iftor, hoji kutib olish, tug‘ilgan kun, nahor oshi, yubiley. Spirtli ichimlik, nojoiz mazmun, ochiq-sochiq tasvir, burj va sehr-jodu belgilari bilan bog‘liq taklifnomalar joylanmaydi va olib tashlanadi. Matnlarda manmanlik va isrofga chaqiriq bo‘lmasligi kerak.

To‘lov va qaytarish

To‘lov Payme/Click orqali bir martalik. Taklifnoma tadbirdan 30 kun keyin yopiladi. Texnik nosozlik bo‘lsa, to‘lov qaytariladi.

Shikoyat

Nojoiz mazmunni Telegram orqali xabar qiling — 24 soat ichida ko‘rib chiqamiz.